date

Marko Verratti Italiyaga qaytishi mumkin

Marko Verratti Italiyaga qaytishi mumkin
Katarning "Al-Duhayl" klubi yarim himoyachisi Marko Verratti kelasi yili Italiyaga qaytishi mumkin. 32 yoshli futbolchi o‘z vatanida yana o‘ynashni xohlamoqda va uning xizmatlari yaqinda "Yuventus" klubiga vositachilar orqali taklif qilingan.

Bu haqda jurnalist Mirko Di Natale xabar berdi. "Keksa sinora" rahbariyati Verrattini transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor, ammo bu sobiq "PSJ" yulduzining moliyaviy talablariga bog‘liq bo‘ladi.

Shuningdek, Turinda futbolchining hali ham yuqori darajada o‘ynashga qodir ekanligiga ishonch hosil qilishni istashmoqda. Marko Verratti joriy yil iyul oyida "Al-Duhayl"ga "Al-Arabi" klubidan o‘tgan edi.

U 2023 yilda 11 yil davomida "PSJ"da o‘ynaganidan so‘ng Qatar chempionatiga yo‘l olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Marko Verratti Italiyaga qaytishi mumkin