
Kristal Pelas markaziy himoyachisi Mark Geyi Yevropaning top klublarining transfer ro'yxatlarida tobora ko'proq tilga olinmoqda. "Burgutlar" sardori bo'lgan futbolchi 2026 yil yozida muddati tugaydigan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilgan.
Shu sababli, mavsum tugashi bilan u erkin agent sifatida boshqa jamoaga o'tishi mumkin. Jurnalist Ekrem Konur ma'lumotiga ko'ra, 25 yoshli Angliya terma jamoasi himoyachisiga "Liverpul" va "Chelsi" qiziqish bildirmoqda.
Shuningdek, unga Myunxenning "Bavariya", Madridning "Real" va Milaning "Inter" klublari ham da'vogarlik qilmoqda. Mark Geyining Transfermarkt portalidagi bahosi 50 million yevroga teng.
U "Kristal Pelas" tarkibida jami 171 uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urgan va 6 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Liverpul va Chelsi Mark Geyi uchun kurashmoqda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing