date

BMT AQShdan Kubaga embargoni bekor qilishni so'radi


Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi AQShni Kubaga nisbatan iqtisodiy, savdo va moliyaviy embargoni bekor qilishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Ushbu hujjat uchun dunyoning 165 davlati, jumladan O'zbekiston ham ovoz berdi.

Qarshi bo'lgan davlatlar soni yettita bo'lib, yana 12 delegatsiya ovoz berishdan tiyildi. Mazkur rezolyutsiya majburiy huquqiy kuchga ega emas, biroq uning qabul qilinishi xalqaro hamjamiyatning bir tomonlama majburlov choralariga bo'lgan keng noroziligini ko'rsatadi.

Ovozlarga ko'ra, Bosh Assambleya AQSh embargosini bekor qilish masalasini keyingi sessiyaning dastlabki kun tartibiga yana kiritishga qaror qildi. Rezolyutsiyada BMTga a'zo davlatlar o'z hududidan tashqarida qo'llaniluvchi jazolovchi qonunlarni, jumladan, 1996-yilda qabul qilingan AQShning Xelms-Berton qonuni kabi hujjatlarni qo'llamaslikka chaqirildi.

Gavana va boshqa davlatlarning fikricha, bunday qonunlar xalqaro huquq va BMT Ustaviga zid hisoblanadi. Bosh Assambleya, shuningdek, 2015–2016-yillarda AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyati tomonidan embargo ayrim jihatlarini yumshatish bo'yicha qilingan choralarga e'tibor qaratdi.

Bu choralar 2017-yildan boshlab Donald Tramp ma'muriyatining sanktsiyalarni kuchaytirishga qaratilgan harakatlaridan keskin farq qiladi. Eslatib o'tamiz, 2016-yilda AQSh ilk bor rezolyutsiyaga qarshi ovoz bermay, betaraf qolgan edi.

Ammo keyingi yillarda Vashington o'zining avvalgi pozitsiyasiga qaytdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BMT AQShdan Kubaga embargoni bekor qilishni so'radi