date
views 236

Rossiyada aholining tabiiy kamayishi ortib bormoqda

Rossiyada aholining tabiiy kamayishi ortib bormoqda
Foto: ria.ru
Rossiya Federatsiyasi aholisi shitob bilan qisqarishda davom etmoqda. 2024 yilning boshidan buyon rossiyaliklarning soni 177,9 ming kishiga qisqargan — Bu Yujno-Saxalinsk yoki Odintsovo kabi kichik shaharlar aholisi soni bilan teng.

Ma'lumotlar Rosstatning ijtimoiy-iqtisodiy holat toʻgʻrisidagi hisobotida aks etgan.

Kamayishlar soni oʻtgan yilning yanvar–aprel oyidagi koʻrsatkichlarlan 1,5 barobar koʻproq. Oʻshanda Rossiyaning doimi aholisi soni 98,4 mingga (yoki 0,07 foizga) kamaygan edi. Rosstatga koʻra, Rossiyada ayni paytda roppa-rosa 146 mln kishi istiqomat qiladi.

Oʻlganlar soni tugʻilganlar sonidan 1,6 barobar koʻproq boʻlgan (bir yil avval bu koʻrsatkich 1,5 barobar edi). 2024 yilning yanvar–aprel oylarida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 10 ming chaqaloq kamroq tugʻilgan — 396,5 ming, lekin oʻlganlar soni bir yil avvalgiga nisbatan 27 mingga koʻproq boʻlgan (toʻrt oy ichida 622,7 ming kishi oʻlgan).

Yanvar–aprel oylarida rossiyaliklar bir yil avvalgiga nisbatan 9,6 mingga kamroq nikoh qayd etishgan (mos ravishda 210,2 va 219,8 ming), ammo ajralishlar boʻyicha pasayish bu qadar yaqqol emas — 213 va 210 ming. Ajralishlar soni boʻyicha anomal yuqori koʻrsatkichlar Shimoliy Kavkazda, ayniqsa Dogʻiston, Checheniston va Shimoliy Osetiyada qayd etilmoqda. Bu erda ajralishlar soni nikohlar soniga nisbatan 2–3 barobar yuqoriroq.

Shuningdek, Rossiyaga xorijliklarning kelishi ham kamaygan. Yil boshidan buyon Rossiyaga migratsion rqim 57 ming kishiga qisqargan (1 mln 157 mingdan 1 mln 93 minggacha), biroq, odamlarning chiqish ketishi oʻsha darajada qolgan (mos ravishda 1 mln 45 ming va 1 mln 47 ming). Ozarboyjon, Belarus, Qirgʻiziston va Qozogʻistondan kirib kelayotganlar soni qisqargan, biroq Hindiston, Xitoy, KXDRdan kelayotganlar sonida koʻpayish kuzatilgan. Yilning dastlabki 4 oyida eng koʻp xorijliklar Rossiyaga Tojikistondan kirib kelgan — 43 ming kishi. Biroq shu ham oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan 16 ming kishiga kamroq.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada aholining tabiiy kamayishi ortib bormoqda
-->