17:45 / 30.07.2024
134

O‘rta koridor Rossiyani ortda qoldiradi

O‘rta koridor Rossiyani ortda qoldiradi
Iyul Ozarbayjon uchun xalqaro maydonda alohida faollik oyiga aylandi. Shu o‘rinda bu ikki tadbir dunyo e’tiborida bo‘ldi. Ulardan biri 5—7 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) norasmiy sammiti bo‘lib, ikkinchisi, 20-22 iyul kunlari Shusha shahrida bo‘lib o‘tgan II Shusha Global Media Forumidir.

Media-forum Ozarbayjonni global ommaviy axborot vositalari muammolarini muhokama qilish uchun maydon sifatida xizmat qilgan bo‘lsa, TDT sammiti nafaqat Kavkaz va Markaziy Osiyo, balki global kun tartibida ham yetakchilikka da’vogarlikning o‘ziga xos namoyishi bo‘ldi. Quyida tadbir mavzulari haqida “Nezavisimaya gazeta” batafsil ma’lumot berdi.

Ma’lumki, TDT 2009 yilda Turkiy kengash shaklida tuzilgan. Uning dastlabki asoschilari Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston edi. Keyinchalik unga O‘zbekiston qo‘shildi, Turkmaniston, Vengriya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (SHKTR) esa kuzatuvchi davlatga aylandi. Qiziq tomoni shundaki, SHKTR Turkiyadan boshqa hech qaysi davlat tomonidan tan olinmagan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on sammitda qatnashmagan bo‘lsa-da, kengash yig‘ilishi kuni Qorabog‘ deklaratsiyasi imzolandi. Tadbirda TDT mamlakatlari o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, harbiy, mudofaa-sanoat va boshqa sohalardagi hamkorlikni faollashtirish zarurligi qayd etildi. Yevropa, Turkiya, Kavkazorti, Markaziy Osiyo va Xitoyni bog‘laydigan “O‘rta koridor” (Trans-Kaspiy xalqaro transport yo‘nalishi) loyihasiga alohida ahamiyat berildi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun yuqorida qayd etilgan Kaspiy va Markaziy Osiyo davlatlarida portlar, temir va avtomobil yo‘llari, logistika yo‘nalishlarini rivojlantirish rejalashtirilgan.

Deklaratsiyada Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘zbekiston energetika tizimlarini “Yashil koridor” deb ataluvchi integratsiyalashuv loyihasi yaratish kelishildi. Bundan tashqari, TDT doirasida raqamli (shu jumladan, sun’iy intellekt) va iqlim mavzulari kun tartibidan alohida o‘rin egalladi. Nihoyat, sammit davomida Vengriya Turkiy sarmoya kengashiga a’zo bo‘ldi.

Yuqoridagilarning barchasini umumlashtiradigan bo‘lsak, Rossiyaning janubiy qismi — Kavkaz va Markaziy Osiyoda — o‘z kun tartibiga va sayyoramizning strategik muhim hududi ustidan nazoratga da’vo qiladigan davlatlar bloki shakllanmoqda.

Bundan tashqari, vazir Viktor Orban rahbarligida Vengriya ham ushbu davlatlar blokiga qo‘shilish uchun faol harakat qilmoqda.

TDT doirasida yangi logistika yo‘nalishlarini qurish, birinchi navbatda, Yevroosiyodagi eng yirik logistika markazi sifatidagi mavqei oshib borayotgan Turkiya uchun manfaatlidir. Albatta, boshqa TDT a’zolari ham Xitoy tovarlarini Markaziy Osiyodan Yevropaga tranzit qilishdan ayni shaklda manfaatdor bo‘ladi.

Bundan tashqari, TDT doirasida davlatlarning integratsiyalashuvi va “O‘rta koridor” qurilishi Yevropa Ittifoqi hamda AQSH uchun ham foydalidir – G‘arb mamlakatlari Markaziy Osiyo davlatlarining nodir metallaridan (ayniqsa zamonaviy iqtisodiyotda muhim bo‘lgan litiy) foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa ayni paytda Rossiyaning mintaqadagi ta’sirini cheklash uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Vengriyaga kelsak, Orban Sharqiy Yevropa va Kavkaz orqali dunyoga ochilishga harakat qilmoqda. Aniqrog‘i, Vengriya hukumati Sharqiy Yevropa va Transkavkaz (birinchi navbatda, Ozarbayjon va Gruziya) energiya tizimlarini birlashtirish siyosatini olib bormoqda. Vengriya prezidenti ham Ukraina mojarosida vositachilik imkoniyatini boy bermayapti.

Bularning barchasi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?

Rasmiy ravishda, Rossiyaning TDT markazi bo‘lgan Turkiya, Ozarbayjon va Vengriya bilan munosabatlari tahsinga sazovor.

Ammo, “O‘rta koridor” masshtabida, bu loyiha faqat bitta narsa — Rossiyani tranzit mamlakatlar qatoridan chiqarib tashlash va ilgari Rossiya orqali o‘tgan tovarlar oqimini almashtirishga mo‘ljallangani aniq. Rossiyaga nisbatan amaldagi sanksiyalar rejimi bunday sxemalarni yaratishni faqatgina osonlashtiradi, xolos.
Bundan tashqari, TDT doirasida mudofaa tizimlari va xavfsizlik tuzilmalarini integratsiya qilish zarurati haqida tobora ko‘proq gap ketmoqda.

Ya’ni, TDT nafaqat siyosiy va iqtisodiy, balki harbiy-siyosiy blokga aylanib bormoqda. Shu munosabat bilan oddiy savol tug‘iladi: ayrim davlatlarning (masalan, Qozog‘iston) bir vaqtning o‘zida TDT va KXSHTga a’zo bo‘lishi manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqaradimi? Bundan tashqari, harbiy-siyosiy blok odatda kimgadir qarshi qaratilgan bo‘lishi kerak. TDT kimga qarshi yo‘naltiriladi, buni vaqt ko‘rsatadi.

TDT faoliyatining yana bir qiziq jihati – madaniyat siyosati hisoblanadi. Tashkilotga a’zo possovet mamlakatlarida kirill alifbosi emas, lotin alifbosiga asoslangan yangi alifbo yaratish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Shunday qilib, Rossiya va TDTga a’zo davlatlar o‘rtasida madaniy masofani kengaytirishga qaratilgan yo‘nalish mavjud.

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, Va nihoyat, Rossiya ichida o‘z avtonom tuzilmalariga ega bo‘lgan turkiy xalqlar yashaydi.

Ularning eng yiriklari Tatariston va Boshqirdistondir. Ular ham turkiy dunyodagi jarayonlarga juda e’tibor bilan qaraydilar.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: TDT mamlakatlari yoki Rossiya turkiy muxtoriyatlaridagi ayrim doiralarda Moskvani chetlab o‘tib, to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish tendensiyasi kuzatilmayaptimi? Rasmiy Rossiya hukumati bunga qanday munosabatda bo‘ladi? Bunda SHKTRning tashkilotda kuzatuvchi-mamlakat maqomiga ega ekani yuqorida qayd etilgan edi. Garchi, barcha xalqaro huquqlarga ko‘ra, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi ham Kiprning bir qismidir.

Shunday qilib, TDT siyosiy maydonda kuchli xalqaro o‘yinchiga aylanishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud, va uning manfaatlari, aytaylik, har doim ham Rossiyaning Kavkaz, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqdagi manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydi. Bir qator hollarda, bu Rossiyaning pozitsiyasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ziddir.

Shu bois, Erdo‘g‘on qanoti ostida “panturkiy” integratsiya istiqbollarini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak”, deya xulosa qilingan maqolada.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘rta koridor Rossiyani ortda qoldiradi