Amerika qit’asidagi And muzliklari 11 000 yil ichida eng kichik maydonga qisqardi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, Janubiy Amerikadagi to‘rtta muzlik (Pan de Azukar, Quesk, Zongo va Charkuini Norte) kutilganidan ancha tez erimoqda.
Boston kolleji (AQSH) olimlari tog‘ toshlari namunalarini yig‘ishdi va berilliy-10 va uglerod-14 nodir izotoplari tarkibini tahlil qilishdi.
And tog‘larida muzliklarning yo‘q bo‘lib ketishi «xavfli voqea» sifatida tan olingan. Taxminan 11 700 yil oldin Yerda muzlik davri tugagan va golotsen davri boshlandi. Muz qatlamlari asta-sekin chekindi, iqlim iliqroq va barqarorroq bo‘ldi. Qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga va yanada murakkab jamiyatlarning paydo bo‘lishiga yordam beradigan yangi ekotizimlar rivojlandi.
Olimlarning fikricha, muzliklardagi o‘zgarishlar yangi davr – antropotsenga o‘tishni ko‘rsatishi mumkin. Erish, birinchi navbatda, qorning kamayishi va bulut qoplamining o‘zgarishi emas, balki haroratning ko‘tarilishi tufayli sodir bo‘lmoqda, deya xabar beradi Science.
«Bizning natijalarimiz shuni ko‘rsatadiki, tropik mintaqalar allaqachon golotsen va antropotsen davrida o‘rtacha miqdordan ko‘ra qizib ketgan», deb ta’kidladi ilmiy maqola mualliflari. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesda “oʻta xavfli vaziyat” e'lon qilindi
Isroil HAMAS bilan kelishuvga erishganini rad etdi
Erdoʻgʻon boshqa davlatlarni Suriyadan “qoʻllarini tortishga” chaqirdi
Shavkat Mirziyoyev «Manchester Siti» klubi egasi bilan uchrashuv oʻtkazdi
Asirga tushgan ukrain askari: “Ular zamonaviy jang uslublarini bilishmaydi”
Tojikistondan 20 kgdan ortiq “opiy” moddasini olib oʻtgan shaxslar ushlandi