
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berishicha, kelasi oy Futbol bo‘yicha Jahon chempionati-2026 musobaqasining qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi. Ushbu muhim tadbir AQShning Vashington shahridagi Kennedi markazida bo‘lib o‘tadi.
Qur’a tashlash natijasida musobaqada ishtirok etadigan 48 terma jamoa guruhlarga ajratiladi. Mazkur chempionat tarixda ilk bor uch davlat: AQSh, Kanada va Meksika hududida o‘tkaziladi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston terma jamoasi tarixda birinchi marta bunday yirik xalqaro futbol musobaqasida ishtirok etadi. Shu tariqa, bir oydan so‘ng, JCH-2026 guruh bosqichida O‘zbekiston terma jamoasining raqiblari ma’lum bo‘ladi.
Musobaqa 11-iyundan 19-iyulgacha davom etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar