date

O‘zbekistonda zilzila sezildi


Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Respublika seysmoprognostik monitoring markazi matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 5-noyabr kuni soat taxminan 11:00da Tojikistonning So‘g‘d viloyati hududida magnitudasi M=4,3 bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi.

Zilzila epitsentrida yer silkinishlari kuchi 5 ballni tashkil etdi. Zilzila o‘chog‘i yer yuzasidan 12 kilometr chuqurlikda joylashgan edi.

Toshkent shahridan epitsentrgacha bo‘lgan masofa 133 kilometrni tashkil etdi. O‘zbekiston hududida zilzila silkinishlari Sirdaryo viloyatida sezilgan bo‘lishi mumkin.

Ushbu hududda yer silkinish kuchi 2-3 ballni tashkil etdi. Qayd etilishicha, Sirdaryo viloyati Tojikistondagi epitsentrdan 54 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekistonda zilzila sezildi