
AQSh prezidenti Donald Tramp Demokratlar partiyasidan nomzod Zohran Mamdanining Nyu-York meri etib saylanishiga munosabat bildirdi.
Oq uyda Kongressning respublikachi a’zolari bilan nonushta chog‘ida u saylov natijalarini “respublikachilar uchun muvaffaqiyatli emas” deb atadi.
“Kechagi kecha respublikachilar uchun g‘alaba bo‘lmadi. Natijalar biz uchun yaxshi emas, lekin bu qiziqarli oqshom bo‘ldi, biz ko‘p narsani o‘rgandik”, dedi Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Demokratlar bu safar Nyu-Yorkda kuchli chiqish qildi — Zohran Mamdani shahar meri saylovida g‘alaba qozondi, boshqa demokrat nomzodlar ham yaxshi natija ko‘rsatdi.
Tramp bu holatni respublikachilar uchun “ogohlantiruvchi ishora” deb baholab, partiya strategiyasini qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!