Qirg‘iziston sobiq prezidenti Asqar Akayev rahbarlik davrida jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ygan edi, deydi mamlakatning amaldagi prezidenti Sadir Japarov.
«Fabrika va zavodlar talon-toroj etildi, dastgohlar xorijga pullandi. Ikkinchidan, qishloq xo‘jaligi sohasi ortga ketdi. Bu o‘rinda Akayevning aybi yo‘q, chunki u agronom emas, olim. Buning uchun noqobil demagog vazirni ayblash mumkin. Ayni choqda, bu lavozimga marhum Jumgalbek Omonboyev kabi kuchli mutaxassisni qo‘yish kerak edi. Asqar Akayevich kadrlarni tanlashda ham xato qilgandi», – dedi Japarov «Kabar» agentligiga bergan intervyusida.
Mustaqil qirg‘iz davlatining ilk prezidenti, 1991-2005 yillarda mamlakatni idora etgan Asqar Akayev «Lola inqilobi» tufayli hokimiyatdan ketgan edi.
Japarov salafi uzoq muddat prezidentlik kursisini tark etmaganini ham tanqid qilgan.
«Uning eng asosiy xatosi shundaki, 2004 yil mart oyida yuz bergan hodisalarga, xalq uni haydab solishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak edi. Ya’ni u 10 yil boshqaruvdan keyin izzatini bilgan holda hokimiyatdan ketishi kerak edi. Inson tabiatida shunday xususiyat bor: odamlar har kuni ko‘radigan odamidan charchaydi. U tilla odam bo‘lgan taqdirda ham, insonlar uni har kuni ko‘rib bezor bo‘ladi. Shu bois ham dunyoda prezidentlar bitta yetti yillik muddatga yoki 4-5 yildan ikki muddatga saylanadi. Dunyo tajribasi ma’lum shaxs prezidentlik kursisida uzoq o‘tirishi to‘g‘ri emasligini ko‘rsatgan», – deydi Qirg‘iziston rahbari.
Ta’kidlanishicha, Akayev o‘z vaqtida lavozimdan ketganida, hozirda birinchi prezident sifatida izzat-hurmat ko‘rayotgan bo‘lardi.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iz Respublikasi parlamenti joriy yil 25 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida Akayevning sobiq prezident maqomini tiklash to‘g‘risidagi so‘rovini rad etdi.
«Lola inqilobi»dan keyin vatanini tark etib Rossiyada yashab kelayotgan sobiq prezident Qirg‘izistonda korrupsiyaga oid jinoyatlarda ayblangan.
2023 yil yanvar oyida Akayevga nisbatan ochilgan jinoyat ishlari yopilgani xabar qilingan.
Sadir Japarov o‘tgan yil fevral oyida BAAda Qirg‘izistonning sobiq prezidentlari bilan uchrashgandi. O‘shanda sobiq davlat rahbarlari ؘ– Asqar Akayev (1991–2005), Qurmanbek Bakiyev (2005–2010), Roza Otunbayeva (2010–2011), Almazbek Atambayev (2011–2017) va Sooronbay Jeenbekov (2017–2020) mamlakat ravnaqi yo‘lida bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishga rozilik bergani ma’lum qilingandi.
Ammo voqealarning keyingi rivoji milliy murosaga erishilganini savol ostida qoldiradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi