Ayollar mustaqilligi tug‘ilish darajasiga ta’sir qilmoqda

1 daqiqa o'qish2.4K
Ayollar mustaqilligi tug‘ilish darajasiga ta’sir qilmoqda

Iqtisod bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi Klaudiya Goldinning yangi tadqiqotiga ko‘ra, dunyoda tug‘ilish darajasining pasayishi ayollarning mustaqilligi bilan bog‘liq. Tadqiqotda ta’kidlanishicha, hozirgi kunda ko‘plab ayollar turmush yoki davlat qo‘llovisiz o‘z hayotini qurmoqda va bu jarayon demografik ko‘rsatkichlarga bevosita ta’sir etmoqda.

Olimning so‘zlariga ko‘ra, ayollar ta’lim, kasb tanlash va reproduktiv nazorat imkoniyatlaridan faol foydalanayotgani tug‘ilishni qisqartirgan. Ilgarigidek, iqtisodiy o‘sish aholi ko‘payishiga olib kelmayapti — masalan, Shvetsiya va AQSHda tug‘ilish darajasi yuqori bo‘lsa-da, Gretsiya yoki Janubiy Koreyada u ancha past.

Bugungi kunda dunyo davlatlarining yarmidan ko‘pida tug‘ilish koeffitsiyenti 2,1 darajadan past bo‘lib, bu aholining tabiiy yangilanishi uchun yetarli emas. Qizig‘i, bu mamlakatlarda sayyora aholisining qariyb ikki uch qismi istiqomat qiladi.

Goldin ta’kidlaganidek, muammoning asosiy sababi — uy ishlari va bola parvarishi borasida erkak va ayollar o‘rtasidagi kutilmalar nomutanosibligi. Ayollar tenglikni xohlamoqda, ammo jamiyatda hali ham an’anaviy rollarga intilish kuchli. Bu holat ayniqsa tez industrial rivojlangan mamlakatlarda — Yaponiya, Koreya, Italiya va Ispaniyada yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.

Tadqiqotda AQSH misolida ham bunday o‘zgarishlar 1970 yillardayoq boshlangani aytiladi. Masalan, 1950 yilda tug‘ilgan va universitet diplomiga ega ayollar orasida o‘rtacha farzand soni 1,64 gacha tushgan.

Muallifning fikricha, bu tendensiyaning ildizi “tuzilmaviy to‘siqlar”da — bolalarni parvarish qilish uchun yetarlicha davlat yordami bo‘lmaganida ayollar oila qurishdan ko‘ra mustaqil hayotni afzal ko‘radi. Ammo agar bunday qo‘llab-quvvatlash tizimi mustahkam bo‘lsa, ayollar nafaqat ish bozorida faol bo‘ladi, balki oilalarda ham barqarorlik va tenglik ta’minlanadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?