date
views 109

Eron Saudiya Arabistoniga urush bilan tahdid qildi

Eron Saudiya Arabistoniga urush bilan tahdid qildi
Foto: Reuters
Agar Saudiya Arabistoni Isroilga hujum uyushtirishda yordam bersa, Eron uning neft ob'ektlari xavfsizligini kafolatlay olmasligini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Fors koʻrfazidagi uch manbaga koʻra, koʻrfaz davlatlari Isroilning Eron neft ob'ektlariga zarba berishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha AQSh sa'y-harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi.

"Xususan, Qatar, Saudiya Arabistoni va BAA Isroilga Eronga hujum qilish uchun oʻz havo hududidan foydalanishga ruxsat bermagan va bu haqda AQShni xabardor qilgan", deydi hukumat doiralariga yaqin manba.

Shu bilan birga, Eron shu hafta boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda Saudiya Arabistonini agar u Isroilga hujum qilishda yordam bersa, qirollikning neft ob'ektlari xavfsizligini kafolatlay olmasligi haqida ogohlantirgan. Qirol saroyiga yaqin boʻlgan saudiyalik tahlilchi Ali Shihobining soʻzlariga koʻra, Eron Ar-Riyodga uning ittifoqchilari, masalan, Yaman yoki Iroqdan javob kelishi mumkinligi haqida “aniq signal” yuborgan.

"Agar Fors koʻrfazi mamlakatlari Isroil uchun oʻz havo hududini ochsa, bu urush harakati hisoblanadi", degan eronliklar.

Reuters’ning Fors koʻrfazidagi uchta manbasi Isroil Iordaniya yoki Iroq hududiga zarba berishi mumkinligi, ammo BAA, Qatar yoki Saudiya Arabistoni havo hududidan foydalanish koʻrib chiqilmagani va “strategik jihatdan kerakciz” ekanini aytgan. Tahlilchilarga koʻra, Isroil qiruvchi samolyotlarga Qizil dengiz ustidan Hind okeaniga uchib oʻtish, Fors koʻrfaziga borish va keyin qaytishga imkon beradigan havo yoqilgʻisidan foydalanishi mumkin.

"Raketaga qarshi mudofaa tizimlari va Patriot majmualari mavjudligiga qaramay, Fors koʻrfazidagi barcha neft ob'ektlarini himoya qilish murakkab vazifa boʻlib qolmoqda. Shu sababli, asosiy yondashuv diplomatik yoʻnalishda davom etmoqda — Eronga mintaqa mamlakatlarining “tahdid solmasligini tushuntirish asosiy maqsad hisoblanadi", deyiladi xabarda.

Fors koʻrfazida OPEK+ infratuzilmasining katta qismi joylashgan, shuning uchun Saudiya Arabistoni yoki BAAdagi neft ob'ektlariga hujum neft etkazib berish muammosiga olib kelishi mumkin.

"Masalan, 2019 yilda Saudiya Arabistonining Aramco neft konlariga Yaman husiylari hujumi jahon xom ashyosining 5 foizdan ortigʻini toʻxtatdi", deb eslatadi Reuters.

Agentlikning Fors koʻrfazidagi manbalariga koʻra, Eron neft infratuzilmasiga qilingan hujum global oqibatlarga olib kelishi kutilmoqda. Bu ayniqsa, Eron neftining eng yirik iste'molchisi boʻlgan Xitoy hamda AQShda demokratlardan prezidentlikka nomzod Kamala Harris uchun ta'sir koʻrsatishi mumkin.

"Agar neft narxi bir barrel uchun 120 dollargacha koʻtarilsa, bu ham AQSh iqtisodiyotiga, ham Harrisning saylovdagi imkoniyatlariga zarar etkazadi. Shu sababli, amerikaliklar neft urushining kengayishiga yoʻl qoʻymaydi", deydi suhbatdosh.

Reuters manbalariga koʻra, Saudiya Arabistoni, BAA va Qatar, qoʻshni neft qazib oluvchi Ummon va Bahrayn ham mojaroning yumshatilishidan manfaatdor.

"Biz raketa urushining markazida qolib ketishimiz mumkin. Ayniqsa, Isroil Eronning neft inshootlariga zarba beradigan boʻlsa, jiddiy xavotirlar mavjud", deydi Fors koʻrfazidan manba.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron Saudiya Arabistoniga urush bilan tahdid qildi
-->