
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 40 yoshli Luka Modrichning 'Milan'dagi o‘yinini yuqori baholadi. Italiyalik mutaxassis Xorvatiya yarim himoyachisi bilan Madridning 'Real' klubida birga ishlagan.
Ikkisi ham joriy yil yozida 'qirollik' klubini tark etdi. 'Modrichning muvaffaqiyatlari meni hayratga solmaydi.
U 'Real'da biror mashg‘ulotni o‘tkazib yubormagan. Uning genetikasi aʼlo darajada, munosabati to‘g‘ri, tajribasi va xarakteri kuchli – bu unga 40 yoshida ham eng yaxshi yarim himoyachilardan biri bo‘lib qolishga yordam beradi.
'Milan' uchun bu ajoyib transfer', – dedi Anchelotti Tuttosport nashriga bergan intervyusida. Yaqinda Luka Modrich A Seriyada oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar