
3-noyabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonda zilzila sezildi. Uning epitsentri Afg‘onistonning shimolida joylashgan bo‘lib, magnitudasi 6,8 ballni tashkil etdi.
Surxondaryo viloyatida zilzila kuchi eng yuqori bo‘lib, 5 ballgacha yetdi. Qashqadaryo viloyatida kuch 3-4 ballni tashkil etdi.
Samarqand viloyati va boshqa hududlarda esa 3 ball atrofida bo‘ldi. Toshkent shahrida zilzila kuchi 2-3 ballni tashkil etdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanganlar haqida xabar kelib tushmagan. BBC axborotiga ko‘ra, Afg‘oniston shimolida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida 180 kishi jarohatlangan, 9:06 Toshkent vaqti holatiga ko‘ra, 8 kishi halok bo‘lgani ma’lum bo‘lgan.
Tolibon harakati vakili Hadji Zaidning aytishicha, ko‘p holatlarda jarohatlar odamlarning binolardan yiqilishi oqibatida yuzaga kelgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing