
1-noyabr kuni Londondagi "Arsenal" klubi safarda "Byornli" jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi. Angliya Premyer-ligasining oʻnchi tur uchrashuvi "topchilar"ning 2:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
OptaJoe maʼlumotlariga koʻra, ushbu mavsumda Angliya chempionatida besh marta raqib jamoalar darvozaga birorta ham aniq zarba bera olmagan holatlar qayd etilgan. Shundan uchtasi "Arsenal"ning ishtirokida sodir boʻlgan.
"Vest Xem", "Fulxem" va "Byornli" jamoalari "Arsenal" darvozasiga birorta ham aniq zarba bera olishmagan. "Arsenal" esa ketma-ket yetti oʻyindan beri darvozasiga gol oʻtkazmayapti.
4-noyabr kuni Mikel Artetaning shogirdlari Chempionlar ligasi doirasida "Slaviya" jamoasiga qarshi oʻynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanishi rejalashtirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar