
2025-yil 1-noyabr kuni Andijon shahridagi mahalla fuqarolar yig‘ini ma’muriy binosida ijtimoiy xodimga nisbatan zo‘ravonlik sodir etildi. Jabrlanuvchi M.D., 1988-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli, to‘rt nafar farzandning onasi, 2024-yil iyun oyidan boshlab «Inson» kompleks ijtimoiy xizmatlar markazida ijtimoiy xodim sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Mojaroga sabab bo‘lgan holat mahalla fuqarolariga bir martalik elektr energiyasi uchun ajratilgan 1 million so‘mlik kompensatsiyaning bank kartasiga tushishi va avtomatik ravishda bank tomonidan qarzdorlikni qoplash uchun yechib olinishidir. Hodisada ishtirok etgan shaxslar - 1985-yilda tug‘ilgan Y.G.
va 1991-yilda tug‘ilgan Y.D. ismli fuqarolar bo‘lgan.
Janjal davomida ulardan biri qo‘lida bo‘lgan sopol choynak bilan ijtimoiy xodimning yuz va qo‘liga jarohat yetkazgan. M.D.
tomonidan tezkor xizmatlarga (102) murojaat qilingan va hozirda mazkur holat bo‘yicha dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda. Jabrlanuvchining jarohat darajasini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Shuni ta’kidlash joizki, agar bank kartasida qarzdorlik mavjud bo‘lsa, ijtimoiy yordam mablag‘lari avtomatik ravishda yechib olinishi mumkin. Bunday holatlarda fuqarolar masalani huquqiy tartibda hal qilish uchun bank yoki tegishli idoralarga murojaat qilishlari zarur.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar