Tottenxem Tomas Frankni qoʻllab-quvvatlamoqda

Tottenxem Tomas Frankni qoʻllab-quvvatlamoqda

Tottenxem Tomas Frankni qoʻllab-quvvatlamoqda
Londondagi "Tottenxem" jamoasining bosh murabbiyi Tomas Frankning kelajagi haqidagi maʼlumotlar oshkor qilindi. Jurnalist Jeyms Devisning xabariga koʻra, Frankning jamoa boshqaruvidagi pozitsiyasi xavf ostida emas.

Klub rahbariyati murabbiyni toʻliq qoʻllab-quvvatlamoqda, hatto soʻnggi natijalar unchalik yaxshi boʻlmagan boʻlsa ham. "Shporlar" direktsiyasi Frankning uzoq muddatli loyihasiga ishonch bildirmoqda va muvaffaqiyatsizliklar tufayli shoshilinch qadamlar tashlamoqchi emas.

Shuningdek, futbolchilar ham oʻz murabbiylariga ishonayotganlari taʼkidlanmoqda. Tomas Frank joriy mavsum boshida "Tottenxem" bosh murabbiyi sifatida Anj Postekogluni almashtirgan edi.

Hozirda jamoa 10 turdan soʻng Angliya Premyer-ligasida 17 ochko jamgʻarib, beshinchi oʻrinni egallab turibdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar