19:30 / 22.10.2024
50

Olimlar og‘ir ko‘rpaning foydalarini aniqladi

Olimlar og‘ir ko‘rpaning foydalarini aniqladi
Foto: AP
Avstraliyaning Flinders universiteti olimlari tunda og‘ir ko‘rpadan foydalanish nafaqat uyqusizlikka qarshi kurashishga yordam berishini, balki kayfiyatni yaxshilashi, shuningdek, uyqu dorilaridan foydalanishni kamaytirishini aniqladi. Bu uyqu sifatini va umuman salomatlikni yaxshilashning samarali, dori-darmonlarsiz usulidir.

New Atlas xabar berishicha, tadqiqotchilar guruhi turli kasalliklarga chalingan barcha yosh toifasidagi odamlarda uyquni davolash usuli sifatida og‘irlashtirilgan ko‘rpalardan foydalanish bo‘yicha 18 ta tadqiqotni tahlil qildi. Ularda butun material bo‘ylab bir tekis taqsimlangan plastmassa, shisha yoki metall donachalar bilan to‘ldirilgan katta o‘lchamli yopinchiqlardan foydalanilgan.

Bunday ko‘rpaning tanaga bergan bosimi quchoqlash hissini hosil qiladi, bu esa tanani bo‘shashtirish va xavotirni kamaytirishga yordam beradi. Terapevtik maqsadlar uchun vazndan foydalanish g‘oyasi 1992 yilda tadqiqotchi Templ Grandin autizm bilan og‘rigan odamlar uchun “Quchoqlash mashinasi” (Hug Machine) ishlab chiqqanida paydo bo‘lgan. Mashina inson tanasiga bir tekis va chuqur bosim berib, asab tizimini tinchlantiradi.

Og‘ir ko‘rpa ostida uxlagan kattalar yaxshiroq uyquga ketishgani va o‘zlarini tetikroq his qilishganini aytdi. Ular uyqusizlikka qarshi dorilarga kamroq ehtiyoj sezgan va og‘riqlardan kamroq shikoyat qilgan. Bolalar uchun esa natijalar har xil.

Ba’zi hollarda og‘irlashtirilgan ko‘rpalar diqqat yetishmovchiligi va giperfaollik sindromi yoki autizm spektri buzilishlari bo‘lgan bolalarda uyqu sifatining ma’lum darajada yaxshilanishini ta’minlagan. Biroq boshqa tadqiqotlar shunday ko‘rpalarning bolalar kundalik faoliyatiga ijobiy ta’sirini aniqlagan.

Tadqiqot natijalari tibbiyot amaliyotida, ayniqsa ruhiy salomatlik sohasida, og‘ir ko‘rpalardan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar og‘ir ko‘rpaning foydalarini aniqladi