Meksika AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan uning tovarlariga 25 foizlik boj joriy etilganiga javoban shunga oʻxshash va yana bir qator choralarni koʻradi. Bu haqda mamlakat prezidenti Klaudiya Sheynbaum ma'lum qildi.
“Iqtisodiyot vaziriga Meksika manfaatlarini himoya qilish uchun tarif va notarif choralarni oʻz ichiga olgan B rejasini amalga oshirishni topshiraman. Hech narsani zoʻrlik bilan qilma, hammasini aql-idrok bilan qil. Oq uyning bizning hududimizga har qanday tajovuzlarini va jinoiy tashkilotlar bilan aloqadorlikda ayblangan Meksika hukumatiga nisbatan tuhmatini qat'iyan rad etamiz”, dedi Sheynbaum.
Meksika prezidenti AQShni fentanilga qarshi kurashda hamkorlik qilishga chaqirdi va Meksika qoʻshni davlatlar bilan qarama-qarshilikni istamasligini ta'kidladi. Sheynbaumning ta'kidlashicha, Meksika giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash choralarini koʻrmoqda: toʻrt oy mobaynida mamlakat hukumati 40 tonnadan ortiq giyohvand moddalarni, jumladan 20 million doza fentanilni musodara qilgan.
U AQShga mamlakat ichida ushbu muammoga qarshi kurashishni maslahat berdi: Amerika shaharlarida giyohvand moddalar savdosining oldini olish va bunday operatsiyalardan olingan mablagʻlarni legallashtirish uchun jazolash choralarini koʻrish lozim.
“Muammolar tariflar joriy etish orqali emas, balki muzokaralar va muloqot yoʻli bilan hal etiladi. Xuddi soʻnggi haftalarda migratsiya muammosini hal qilish uchun sizning Davlat departamentingiz bilan qilganimizdek; bizning holatimizda — inson huquqlariga hurmat bilan yondashgan hold”, deya xulosa qildi u.
Tramp 3 ta davlatga bojlar joriy qildi
AQSh Kanada, Xitoy va Meksikadan keltirilayotgan tovarlarga bojxona toʻlovlarini joriy etadi. Prezident Donald Tramp tegishli farmonni 1 fevral kuni imzoladi. U mazkur qarorini noqonuniy migrantlar va giyohvand moddalar kontrabandasi tahdidi bilan izohladi.
Bunga javoban Xitoy AQShni savdo urushi boshlanishidan ogohlantirdi. AQSh Xitoydan import bojlarini yana bir bor oshirgach, Pekin Vashingtonni savdo urushi xavfi haqida ogohlantirdi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bayonotida “savdo yoki bojxona urushida” gʻoliblar boʻlmasligi ta'kidlangan.
“Qoʻshimcha 10 foiz miqdoridagi bojlar mamlakatlar oʻrtasidagi narkotrafikka qarshi kurashda ikki tomonlama hamkorlikka ta'sir qilishi va unga zarar etkazishi muqarrar”, deyiladi vazirlik xabarida.
Xitoy “yangi bojlarni qat'iyan rad etishi” va “oʻz huquq va manfaatlarini qat'iy himoya qilishi uchun “tegishli javob choralarini koʻrishi”ni ta'kidladi. Endilikda Xitoy Jahon savdo tashkilotiga (JST) AQShga qarshi shikoyat qilish niyatida.
Kanada qanday chora koʻrdi?
Kanada Tramp tomonidan uning tovarlariga joriy etilgan 25 foizlik bojga javoban xuddi shunday choralar koʻradi. Bu haqda Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo ma'lum qildi.
AQShdan keltirilayotgan 155 milliard Kanada dollari (106,5 milliard AQSh dollari) qiymatidagi mahsulotlarga 25 foizli boj solinadi. 4 fevraldan 30 milliard Kanada dollari miqdoridagi mahsulotlarga nisbatan, undan uch hafta oʻtgach esa qolgan summaga nisbatan choralar kuchga kiradi. Amerika bojlari ham 4 fevraldan amal qila boshlaydi.
AQSh energiya resurslaridan tashqari barcha Kanada tovarlariga 25 foizlik boj joriy qildi — ularga boj 10 foizni tashkil qiladi. Tryudo kanadaliklarni mahalliy mahsulotlarni xarid qilishga va AQShga emas, oʻz mamlakatida dam olishga chaqirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar