
Jahondagi siyosiy va geosiyosiy o‘zgarishlar fonida yana bir hayratlanarli bashorat jamoatchilik e’tiborini tortdi. Matematika va numerologiya sohasidagi mutaxassis sifatida tanilgan Sidik Afg‘on 2025 yil uchun keskin va og‘ir bashoratlarini e’lon qildi.
Sidik Afg‘on bugacha SSSR parchalanishi va 11 sentyabr teraktlarini oldindan aytgani bilan nom qozongan. Uning o‘ziga xos prognoz usuli ko‘pchilik tomonidan shubha bilan qabul qilinsa-da, u siyosatchilarga muhim qarorlar qabul qilishda ko‘p bor yordam berganini ta’kidlaydi.
RIA Novosti agentligi tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘on bu safar dunyo siyosiy xaritasining mutlaq o‘zgarishi haqida gapirmoqda. Uning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlarda inqiroz yoqasiga kelib qolgan tuzum yorilib ketishi mumkin. Afg‘on hatto Donald Trampni AQSH tarixidagi oxirgi prezident bo‘lishi mumkinligini aytadi. Uning prognoziga ko‘ra, bu mamlakatdagi barqarorlik mutlaq yo‘qolishiga olib keladi.
Bundan tashqari, Afg‘on nomuayyan, lekin juda ta’sirli «maxfiy qo‘mita» dunyo aholisini qisqartirishni rejalashtirayotganini va bu haqiqat yaqin orada fosh bo‘lishini bashorat qilmoqda.
Matematikning yana bir e’tiborga molik taxmini — Ukraina taqdiri bilan bog‘liq. Unga ko‘ra, 2028 yilga kelib Ukraina uchga bo‘linib ketadi: janubi-sharqiy hududlar Rossiya tarkibiga qo‘shilishi, g‘arbiy viloyatlar Polsha, Vengriya va Ruminiya bilan birlashishi mumkin. Markaziy qism esa Ukraina nomi ostida qoladi.
Rossiyaga kelsak, Afg‘on 2065 yilgacha bo‘lgan davrni ko‘ra olishini aytgan. Uning so‘zlariga qaraganda, 2022–2025 yillar oralig‘ida Sovet Ittifoqi tarkibidan chiqqan bir qator davlatlar, shuningdek, boshqa mamlakatlar ishtirokida yangi siyosiy-iqtisodiy ittifoq shakllana boshlaydi. Bu ittifoqning markazi Moskva emas, balki Chernigov shahri bo‘ladi. Bu jarayonda 1972 yilda tug‘ilgan yangi yetakchi Rossiya boshchiligiga keladi, deb bashorat qilgan olim.
Shuningdek, u Rossiyada ta’lim tizimi tubdan isloh qilinishini va 2035 yilgacha yangi koronavirus to‘lqini ehtimoli mavjudligini ta’kidlagan.
Afg‘on 2025 yilni “insoniyat tarixi uchun burilish nuqtasi” deb atadi. Uning prognozlarida sun’iy intellekt bilan bog‘liq global mojarolar, ekologik falokatlar va axborot urushiga o‘xshash murakkab ssenariylar ham aks etgan.
Har qancha g‘alati va fantastik tuyulmasin, Afg‘onning avvalgi ayrim bashoratlari ro‘y berganini inobatga olsak, bu galgi da’volar ham jamoatchilikda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lishi aniq. Ayniqsa, geosiyosiy notinchlik avj olgan bir paytda bunday prognozlar nafaqat qiziqish, balki xavotir ham uyg‘otishi turgan gap. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar