date

Xitoyliklar endi dunyodagi eng past boʻyli xalq emas

Xitoyliklar endi dunyodagi eng past boʻyli xalq emas

Soʻnggi yillarda Xitoyda oʻsmirlar boʻyi sezilarli darajada oʻsgani qayd etildi. Bu haqda nufuzli ilmiy jurnal — The Lancet eʼlon qilgan tadqiqotda maʼlum qilingan.

Olimlar tahliliga koʻra, Xitoy soʻnggi oʻn yilliklarda 200 dan ortiq davlatlar orasida oʻsmirlar boʻyi oʻsishi boʻyicha eng yuqori natijalardan birini namoyon etgan. Bu esa mamlakat ilgari egallab kelgan “eng past boʻyli xalqlardan biri” degan tasavvurdan uzoqlashayotganini koʻrsatadi.

Mutaxassislar bu ijobiy oʻzgarishlarni, avvalo, aholining turmush darajasi oshgani bilan bogʻlamoqda. Xususan, bolalar va oʻsmirlar ovqatlanishining yaxshilanishi, tibbiy xizmat sifati oshishi hamda yashash sharoitlarining rivojlanishi ularning jismoniy oʻsishiga kuchli taʼsir koʻrsatgan.

Tadqiqotda taʼkidlanishicha, sogʻlom va muvozanatli ovqatlanish, vitamin va mikroelementlarga boy mahsulotlar isteʼmoli hamda muntazam tibbiy nazorat oʻsmirlar rivojida hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan.

Shuningdek, shaharlashuv jarayoni va taʼlim tizimidagi islohotlar ham yosh avlod salomatligiga ijobiy taʼsir koʻrsatgan omillar sifatida qayd etilmoqda.

Mutaxassislar fikricha, Xitoydagi mazkur oʻzgarishlar nafaqat sogʻliqni saqlash sohasidagi yutuqlarni, balki mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ham yaqqol namoyon etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyliklar endi dunyodagi eng past boʻyli xalq emas