Fitso: Neft narxi Tramp kayfiyatiga bogʻliq boʻlib qoldi

Fitso: Neft narxi Tramp kayfiyatiga bogʻliq boʻlib qoldi
Qisqacha

Slovakiya bosh vaziri Robert Fico neft narxlari Donald Trampning kayfiyatiga bog'liq ekanini ta'kidladi. Uning fikricha, Tramp yaxshi uxlaganida narxlar pasayadi, aks holda esa oshadi. Fico bu orqali jahon bozorida siyosiy bayonotlar va davlat rahbarlarining chiqishlarining ta'sirini hazilomuz tarzda ifodaladi. Shuningdek, u Vladimir Putin bilan uchrashuvlarining doimiy tanqidlarga sabab bo'lishini ham ta'kidladi.

Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso xalqaro iqtisodiy vaziyat va neft bozoridagi oʻzgarishlar haqida keskin va hazilomuz bayonot berdi. Uning taʼkidlashicha, bugungi kunda neft narxlari hatto Donald Trampning kayfiyati va holatiga ham bogʻliq boʻlib qolgan.

“Biz neft narxlari boʻyicha doim bosim ostidamiz. Tramp yaxshi uxlasa — narxlar pasayadi, agar u charchoq holatida yoki noqulay kayfiyatda bayonot bersa — neft qiymati darhol oshib ketadi”, — deya taʼkidlagan Fitso.

Bosh vazir ushbu fikrlari orqali jahon bozorida siyosiy bayonotlar va yirik davlat rahbarlarining chiqishlari qanday taʼsirga ega ekanini yumoristik tarzda ifoda etgan.

Shu bilan birga, Robert Fitso Rossiya bilan munosabatlar mavzusiga ham toʻxtalib oʻtdi. U Vladimir Putin bilan uchrashuvlari doim tanqidlarga sabab boʻlishini aytdi.

“Men Putin bilan uchrashganimda hamma meni tanqid qiladi. Putin bilan uchrashuvdan qaytganimda esa Bryusseldagi kamerasi yoʻq hojatxonalarda hamma mendan Putin nima deganini soʻraydi”, — dedi u.

Fitsoning ushbu bayonotlari Yevropa siyosiy muhitida ikkiyoqlama munosabatlar va geosiyosiy bosimlar mavjudligini yana bir bor koʻrsatib bermoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar