
Denver shahrida joylashgan tabiat va fan muzeyi mutaxassislari kutilmagan kashfiyotga duch kelishdi — mashhur muzeyning avtoturargohi ostida dinozavrga tegishli suyak parchasi topildi.
Ushbu muzey har doim bolalar va kattalarni hayratga soluvchi ulkan dinozavr skeletlari bilan mashhur bo‘lib kelgan. Biroq bu safargi topilma muzey eksponatlari singari ko‘zga ko‘rinarli bo‘lmasada, uning ahamiyati nihoyatda katta.
Topilma muzey mutaxassislari tomonidan yer osti geotermal energiya salohiyatini o‘rganish maqsadida qazilgan 230 metr (763 fut) chuqurlikdagi parma teshigidan olingan o‘zak namunasidan aniqlangan. Bu parma kengligi bor-yo‘g‘i 5 santimetr bo‘lib, shunday tarkibda dinozavr suyagini topish imkoniyati deyarli yo‘qqa teng edi.
Mutaxassislardan biri, muzeyning geologiya bo‘yicha kuratorasi Jeyms Xagadorn buni shunday ifodaladi:
“Bu xuddi oydan to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘yinga to‘p urib teshikka tushirgandek. Bu go‘yo 'Villi Vonka' fabrikasiga qo‘lga kiritgandek holat. Bunday narsa juda-juda kam uchraydi”.
Muzey mutasaddilariga ko‘ra, dunyoda shunga o‘xshash holat bor-yo‘g‘i ikki marta qayd etilgan, ammo dinozavr muzeyi hududida bunday topilma ilk marta uchramoqda.
Aniqlangan suyak ehtimolan kichik o‘simlikxo‘r dinozavr turiga mansub bo‘lib, taxminan 67,5 million yil avval, Kreda davri oxirida yashagan. Olimlarning ta’kidlashicha, dinozavrlar davrini 66 million yil avvalgi meteorit zarbasi tugatgan.
Suyakka yaqin joydan qotib qolgan o‘simlik qoldiqlari ham aniqlangani, o‘sha davrda bu joy botqoq va o‘simliklarga boy muhit bo‘lganini ko‘rsatadi. Muzeyning umurtaqali hayvonlar paleontologiyasi bo‘yicha kuratorasi Patrik O‘Konnor shunday dedi:
“Bu jonzot ehtimol nam va botqoq yerlarda yashagan. Shunday muhitda qazish natijasida suyak bilan birga o‘simlik qoldiqlari ham saqlanib qolgan”.
Qizig‘i shundaki, Denver hududida oldin ham Tirannozavr Reks va tritseratops kabi mashhur dinozavr turlariga tegishli suyaklar topilgan, biroq bu topilma — shahardagi eng chuqur va eng qadimiy hisoblanadi.
Topilmaga oid fikrlar bir xil emas. Nyu-Meksiko tabiiy tarix muzeyi paleontologiya kuratorasi Tomas Uilyamson bunday dedi:
“Bu albatta kutilmagan holat, lekin ilmiy jihatdan u qadar hayratlanarli emas. Afsuski, aniq qaysi turga mansubligini bilish imkoni yo‘q”.
Shu bilan birga, Denver yaqinida joylashgan Dinosaur Ridge izlari makoni rahbari Erin LaKaunt bu yangilikka katta qiziqish bilan munosabat bildirdi:
“Bu topilma mutlaqo haqiqiy va JUDA ZO‘R!”
Uning fikricha, topilmaning shakliga qarab u 'duck-billed' dinozavr yoki unga o‘xshash kichikroq tur — tezkelosaurga tegishli bo‘lishi mumkin.
Suyok hozirda muzeyning maxsus ko‘rgazma qismida namoyish etilmoqda. Ammo muzey rahbariyati avtoturargohni buzib, yana 230 metr chuqurlikka qazish ishlarini o‘tkazishni rejalashtirayotgani yo‘q. Jeyms Xagadorn shunday deydi:
“Men o‘sha dinozavrning qolgan qismlarini topish uchun yana 763 futlik chuqurlikka qazishni juda xohlardim. Ammo bizga avtoturargoh kerak — shu bois bunday reja amalga oshmaydi”.
Shu tariqa, kutilmagan holda aniqlangan bu suyak nafaqat fan uchun qiziqarli, balki muzey mehmonlari uchun ham jozibali eksponatga aylanmoqda. Bu topilma nafaqat denverliklar, balki butun dunyodagi dinozavr ishqibozlari uchun yangi umid va qiziqish uyg‘otadigan holatdir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar