Pekin diplomatiyasida uni alohida o‘rni bor
Xitoy hukumati 2025 yilga qadar yovvoyi tabiatdagi pandalar sonini 18 foizga ko‘paytirishga qaror qildi. Bu rejaga ko‘ra, yana o‘n yildan keyin yovvoyi tabiatdagi pandalar soni 2 ming 200 taga etadi.
Ayni damda Xitoy yovvoyi tabiatida 1 ming 864ta panda mavjud. Yana 422 panda maxsus markazlarda boqiladi. Hukumat 2025 yilgacha Sыchuan, Gansu va Shensi viloyatlarida pandalar uchun maxsus hududlar yaratish ustida ish olib bormoqda. Maxsus markazlardagi pandalar ham keyinchalik yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborilishi mumkin. Katta panda bambuk ayig‘i ham deb ataladi. Uning vatani Xitoyning markaziy xududlari deya tan olingan.
Panda tungi hayvon bo‘lib uni er sharining hamma joyida ham uchratib bo‘lmaydi. Vatani Sыchuan viloyati va Tibet bo‘lgan katta panda hayvonlarning yo‘qolib borayotgan turiga kirgan bo‘lib, Xitoy davlati tomonidan Qizil kitobga kiritilgan va muhofazaga olingan. Bundan tashqari panda Xitoy ramzi va faxri hamdir. Shu sababli ham Pekin diplomatiyasida alohida o‘rin tutadi. Bu hayvonlarni boshqa mamlakatlarga yuborish ananaga aylanib qolgan, ayrim xollarda uni “panda diplomatiyasi” deb ham aytishadi. Pandani ovlaganlarga Xitoyda o‘lim jazosi qo‘llaniladi.
Uni nima uchun sovg‘a qilishgan?
Qadimda va o‘tgan asrning 70-yillaridan boshlab, hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalarga binoan Xitoy o‘z hamkorlari bo‘lmish davlatlarga bu noyob jonivorni sovg‘a qilgan.
“Osmon osti mamlakati” hukmdorlari diplomatik uchrashuvlar vaqtida bir-birlariga panda sovg‘a qilishgan. Buyuk Britaniyada nashr qilinadigan “Faynenshel-tayms” gazetasitda bosilgan maqoladagi “Katta pandani kuzating: Aynan u Xitoy tashqi siyosatini belgilaydi” degan so‘zlar buning isbotidir. Ilk bor panda xizmatidan Tan sulolasi (618—907) hukmdorlari foydalanishgan. Imperiya hukmdori bo‘lmish malika U Szetyan ikkita pandani Yaponiya imperatoriga sovg‘a qilgan edi. Ammo bu panda-diplomatiya amaliyoti 1950-yilarga kelib yo‘lga qo‘yildi. 1957 yildan 1983 yilga qadar Xitoy 9ta mamlakatga jami 23ta panda sovg‘a qildi. Shunda ham Xitoyga do‘st bo‘lgan mamlakatlargagina berilardi. G‘arb mamlakatlari, jumladan Buyuk Britaniya va AQSh oq-qora rangli ayiqni olishga umid qilmasa ham bo‘lardi. 1970 yillarda Xitoy g‘arb mamlakatlari bilan aloqlarni yaxshilash maqsadida panda-diplomatiyasidan foydalanishga qaror qildi. 1972 yilda AQSh prezidenti Richard Nikson Xitoyga tashrif buyuradi. Tashrif doirasida Pekin hayvonat bog‘iga ham bordi. Oliy mehmon sharafiga berilgan ziyofatda bosh vazir Chjou Enlay Richard Niksonning rafiqasi Pet Niksonga “Panda” sigaretasini ko‘rsatar ekan, shu kabi sovg‘a olish niyati bor yoki yo‘qligini so‘raydi. Ammo AQSh birinchi xonimi chekmasligini aytadi. Shunda bosh vazir sigaret qutisida aks etgan hayvonni sovg‘a qilish niyatida ekanni aytadi. Shu tariqa Ling-Ling va Sin-Sin laqabli pandalar Qo‘shma shtatlar bo‘ylab safarga chiqadi.
Pet Nikson pandalarni Milliy hayvonat bog‘iga topshirishga qaror qildi. Shu tariqa pandalar Xitoy-AQSh munosabatlarining yaxshilanishiga xizmat qildi. 1972 yilda Xitoy va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlar ham iliqlasha boshladi. Bunga Yaponiyaga sovg‘a qilingan ikkita- Lan-Lan va Kan-Kan laqabli pandalarning ham xizmati bor. 1973 yilda Xitoy xukumati ikkita — Yan-Yan va Lili laqabli pandalarni Fransiyaga sovg‘a qildi. Oradan bir yil o‘tib Szya-Szya va Szin-Szin laqabli pandalar Buyuk Brianiyaga sovg‘a qilindi. 1980-yillar o‘rtalarida pandaga talab ortgani bois, xukumat milliy boylik xisoblanmish pandlalarni sovg‘a qilishni to‘xtatdi. 1985 yilda xukumat bundan keyin panda boshqa mamlakatlarga sovg‘a qilinmasligini, balki ijaraga berilishi mumkinligi borasida qaror qabul qildi.
Endi ular ijaraga beriladi
Bugungi kunda pandlalar sovg‘a qilinmaydi, balki 10 yilga ijaraga beriladi. Buning uchun ijaraga olmoqchi bo‘lgan davlat Xitoyga bir yil uchun 1 million dollar to‘lab qo‘yishi kerak bo‘ladi. Shunda ham bitta shart bilan, o‘sha mamlakatda tug‘ilgan panda Xitoy mulki hisoblanadi. Agar panda nobud bo‘lsa, u xolda hayvonat bog‘i Xitoy xukumatiga qo‘shimcha ravishda tovon to‘laydi.
Panda yirtqich xayvonlar turkumiga kirgan bo‘lishiga qaramay, tuxum va qushlarni iste’mol qilishi mumkin. Katta panda — tun hayvoni. Kunduzi uxlab, kechasi xarakatlanadigan panda ayiqlarning boshqa turlaridan farqli ravishda hech qachon ovga chiqmaydi. Balki o‘simliklar bilan oziqlanadi. Biroq pandalar bambukni afzal ko‘rishadi. Panda yurishni unchalik ham xush ko‘rmaydi. Biroq ovqatlanish, dam olish va boshqa maqsadlarda daraxtdan daraxtga osilib yurishni yaxshi ko‘radi.
Xitoyda pandalar ancha mashhur bo‘lib, aholi bu jonivorni yaxshi ko‘radi. Xitoyliklar bu hayvon faqat o‘z yurtlarida yashashidan faxrlanishadi. Xar bir xitoylik pandani ko‘rish umidida hayvonat bog‘iga borishni sharaf deb biladi.
Yuzlab korxonalar panda ko‘rinishidagi o‘yinchoq va otkritkalar ishlab chiqaradi. Yirik kompaniyalar ham, kichik korxonalar ham o‘z maxsulotlarida panda surati bo‘lishini istaydi.
Nega u Jahon Yovvoyi tabiat Fondi ramzi hisoblanadi?
“Panda” xitoychada “da syunmao” deyiladi. Panda Jahon Yovvoyi tabiat Fondi(WWF)ning rasmiy ramzi hisoblanadi. Bu ramzni muzliklar makonidan tortib tropik o‘rmonlargacha, cho‘l-dashtlargacha bo‘lgan xududlarda uchratish mumkin.
Buning tarixi shunday. 1961 yilda Jahon Yovvoyi tabiat fondi tashkil qilingan yilda evropaliklar ilk bor tirik pandani ko‘rishgan. London hayvont bog‘ida pandani ko‘rgan olim va rassom ser Piter Skott pandaning oq-qora suratini chizdi. Aynan rassomning taklifi bilan fondning ramziga aylanadi. Bugungi kunda Jahon Yovvoyi tabiat fondining logotipi Olimpiada va MakDonalds ramzlari qatorida oltita eng mashxur logotipdan biri hisoblanadi. Panda suratini tadqiqot kemalarida ham, brakonerlarga qarshi kurashuvchi tashkilotlarning mashinalarida ham, qo‘riqxonalarda ham, bolalar ekologik oromgoxlarida ham uchratish mumkin.
Taxminan 2 ming yil aval katta pandalar Sharqiy Osiyoning barcha bambuk o‘rmonlarida, Xitoyning markaziy va janubiy xududlarida, Vetnam va Myanmada uchrardi. Bambuk o‘rmonlari kesila boshlangach, asta-sekin pandalar ham yo‘q bo‘lib ketdi. O‘shanda 2000 yilda er yuzida birorta ham panda qolmasligi bashorat qilingan edi. Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganidan keyin, xukumat o‘tgan asrning 50-yillaridan boshlab pandalarni o‘z muxofazasiga oldi. Buning uchun 32 ta qo‘riqxona tashkil etildi. Pandalarni qutqarish maqsadida Davlat ilmiy markazi tashkil etilgan.
Panda noyob jonivorki, uni jahonning har bir hayvont bog‘ida ham uchratish mumkin emas. Yaqinda xitoylik bir gurux jurnalistlar o‘z hayvonat bog‘larida panda saqlanayotgan bir nechta mamlakatga tashrif buyurishib, vaziyatni o‘rganishdi. O‘tkazilgan so‘rov natijalariga qaraganda, panda nafaqat bolalarning, balki kattalarning ham sevimli hayvoni ekani oydinlashdi.
Sharofiddin To‘laganov “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi