
Yaqin haftalarda xalqaro xavfsizlik salohiyatida katta o‘zgarish bo‘ldi: AQSH harbiy-havo kuchlari Leykenxit (Saffolk, Angliya) aviabazasiga ilk bor B61-12 termoyadroviy bombalarini olib keldi, deb yozadi ukdefencejournal.org.uk. Bu haqda OSINTDefender tahlilchisiga tayanilgan holda UK Defence Journal 20 iyul kuni xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bombalar AQSHning Nyu-Meksiko shtatidagi Kirtlend aviabazasidan C-17A Globemaster samolyotida olib kelingan. 17 iyul kuni bu samolyot Saffolkka qo‘ngan va unda Yevropa hududida joylashtirish uchun mo‘ljallangan birinchi partiya B61-12 bombalar bo‘lgan.
Rasmiylar tomonidan bu ma’lumot hali tasdiqlanmadi. AQSH Mudofaa vazirligi yadroviy qurollarning ko‘chirilishi bo‘yicha izoh bermagan, Britaniya mudofaa idorasi esa “odatda, muayyan joylarda yadro quroli bor-yo‘qligiga sharh berilmaydi”, degan pozitsiyada qolmoqda.
Tarixga murojaat qilsak, sovuq urush davrida Leykenxit aviabazasida Amerikaning yadroviy bombalari saqlangan, ammo 2008 yilda ular olib ketilgan edi. Endi esa, agar bombalarning qaytarilgani haqidagi xabar tasdiqlansa, bu Rossiya bilan munosabatlardagi keskinlik fonida NATOning Yevropa siyosatida tub o‘zgarish hamda Moskvani tiyib turish uchun urinish sifatida baholanadi.
B61-12 bombasi — AQSH yadro arsenalidagi ilk boshqariladigan, zamonaviy termoyadroviy qurol. Ushbu modifikatsiya 1960-yillardan beri ishlab chiqilayotgan B61 bombalar oilasining eng yangi va zamonaviy varianti. 2022 yilda Politico nashri AQSH Yevropa uchun eski yadroviy qurollarni tezkor tartibda zamonaviylari bilan almashtirayotgani haqida yozgan edi.
2023 yilda esa Pentagon “yaxshilangan dushman tahdidlari” sababli B61-12ni yanada modernizatsiyalash — B61-13 versiyasiga o‘tish rejasini e’lon qildi. Ekspertlar bu qadamni global kuchlar o‘rtasidagi yangi yadroviy tengsizlik davri boshlanishiga ishora, deb baholashmoqda.
Tahlilchilar fikricha, ushbu voqea Yevropa mintaqasida xavfsizlik muvozanatiga katta ta’sir ko‘rsatishi, shu bilan birga, Rossiya va NATO o‘rtasidagi munosabatlarda yanada yangi bosqichni boshlab berishi mumkin. Yadro qurollari soni va ularning joylashuvi haqidagi har qanday o‘zgarish — butun dunyo uchun og‘ir sinovlar va yangi xavotirlar manbai bo‘lib qoladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar