O'zbekistonlik yigit Abadiy olovni haqorat qildi

O'zbekistonlik yigit Abadiy olovni haqorat qildi
Qisqacha

Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida 19 yoshli o‘zbekistonlik yigit N. M. Abadiy olovdan sigaret yoqqani uchun sud qilindi. Hodisa 28-iyun kuni Sredneuralsk shahridagi Ikkinchi jahon urushi frontlarida halok bo'lganlar xotirasiga bag'ishlangan Memorial majmuasida yuz bergan. Sud N. M.ning harakatlarini Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 354.1-moddasi 3-qismi bo'yicha jinoyat deb topdi. Unga 320 soat majburiy jamoat ishlari jazosi tayinlandi.

Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida 19 yoshli o‘zbekistonlik yigit N. M.

ustidan sud jarayoni yakunlandi. Bu haqda «RIA Novosti» axborot agentligi xabar berdi.

Hodisa 28-iyun kuni Sredneuralsk shahrida yuz bergan. Yosh yigit Ikkinchi jahon urushi frontlarida halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlangan Memorial majmuasining poydevoriga chiqib, Abadiy olovdan sigaret yoqgan.

Sud majlisida ayblanuvchi o‘z aybini to‘liq tan oldi, bu esa ishni soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqishga imkon berdi. Sud N.

M.ning harakatlarini Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 354.1-moddasi 3-qismi bo‘yicha jinoyat deb topdi. Ushbu modda Rossiya harbiy sharaf ramzlarini tahqirlash va Vatan himoyachilari xotirasini haqorat qilish orqali natsizmni qayta tiklash sifatida baholanadi.

Yigitga 320 soat majburiy jamoat ishlari jazosi tayinlandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar