date

Sankt-Peterburgda soxta ichimlik sotgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi


Sankt-Peterburgning Nevskiy tumanidagi Dybenko ko‘chasida joylashgan yarim yerto‘la kafeda noqonuniy spirtli ichimliklar savdosi tashkillashtirilgani aniqlandi. Mazkur holat huquqni muhofaza qilish organlari diqqatini tortib, kafega reyd o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida muassasaning tegishli litsenziyasiz faoliyat yuritayotgani ma’lum bo‘ldi. Politsiya xodimlari kafeda mashhur brendlarning bo‘sh shishalariga to‘ldirilgan va qimmatbaho viski, jin hamda konyak sifatida taqdim etilgan soxta spirtli ichimliklarni aniqlashdi.

Bundan tashqari, kafeda migratsiya qonunchiligi qoidalari bir necha bor buzilgani qayd etildi. Buzuvchilar orasida nafaqat mijozlar, balki kafe xodimlari, shu jumladan, 39 yoshli o‘zbekistonlik kafe egasi ham bor edi.

Ma’lum bo‘lishicha, u ilgari ham sudlangan. Kafe egasi tekshiruv jarayonida javobgarlikdan qochishga urinib, politsiya xodimlaridan biriga pora taklif qildi.

U 100 ming rublni politsiya formasining cho‘ntagiga yashirincha joylashtirishga harakat qildi. Biroq uning bu urinishlari muvaffaqiyatsiz yakunlandi – tadbirkor darhol ushlanib, pul daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.

Soxta spirtli ichimliklar ekspertizaga yuborildi. Rossiya tergov organlari ushbu holat yuzasidan pora taklif qilishga urinish va boshqa qonunbuzarliklar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Kafeda ro‘yxatdan o‘tmagan holda bo‘lgan chet ellik fuqarolar migratsiya qonunchiligiga muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sankt-Peterburgda soxta ichimlik sotgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi