
UzAuto Motors kompaniyasi kompyuter texnikasi xaridiga doir mish-mishlarga izoh berdi. Internetda kompaniyaning ayrim bo‘limlari uchun xarid qilingan kompyuterlardan ba’zi xodimlar norozi ekani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Kompaniya bu xabarlar xizmat faoliyati haqida noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otayotganini va haqiqatga mos emasligini ta’kidladi. Tanlangan kompyuter modellari katta hajmdagi ishlab chiqarish ma’lumotlarini qayta ishlash vazifalari uchun moslashtirilgan.
Shu bilan birga, bu texnika qimmat bo‘lmay, narx va sifatning optimal muvozanati e’tiborga olingan. Kompaniya muhandis va texnik mutaxassislari ish uchun zarur bo‘lgan uskunalar bilan ta’minlangan.
Xaridlar O‘zbekiston qonunchiligiga to‘liq rioya qilgan holda ochiq elektron platformalar orqali amalga oshiriladi, bu jarayonning shaffofligini ta’minlaydi.
UzAuto Motors kompyuter xaridi haqida izoh berdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar