date

Eronda xalqaro internet cheklovlari bosqichma-bosqich bekor qilinmoqda

Eronda xalqaro internet cheklovlari bosqichma-bosqich bekor qilinmoqda

Diplomatik manbalar xabariga ko‘ra, Eron yanvar oyining boshidan buyon amalda bo‘lib kelgan xalqaro internetga kirish bo‘yicha cheklovlarni bekor qila boshladi. Qayd etilishicha, jarayon bir yo‘la emas, balki bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Manba ta’kidlashicha, cheklovlar nafaqat milliy internet platformasi doirasida, balki xalqaro internetdan foydalanish bo‘yicha ham yumshatilmoqda. Xabarda 19 yanvardan e’tiboran xalqaro internetga qo‘yilgan to‘siqlar izchil ravishda olib tashlanayotgani aytiladi. Shuningdek, Eron prezidenti Masud Pezeshkian tegishli idoralarga yo‘llagan maktubida internet bozorini faollashtirish va jamoatchilikning xalqaro internetga kirishini ta’minlash uchun cheklovlarni bekor qilishni talab qilgani keltirilgan.

Avvalroq, milliy valyuta keskin qadrsizlangani ortidan 28 dekabr kuni norozilik namoyishlari boshlangan va ularning kamida 46 ta shaharga tarqalgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 8 yanvar kechqurun esa mamlakatda internet va mobil aloqa o‘chirilgani aytilib, bu vaziyat kuchaygan pallada axborotga kirishni keskin cheklab qo‘ygani ta’kidlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eronda xalqaro internet cheklovlari bosqichma-bosqich bekor qilinmoqda