Meksikada futbol maydonidagi otishmada 11 kishi halok bo‘ldi

Meksikaning Guanaxuato shtatida futbol maydonida yuz bergan otishma oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, yana 12 kishi turli darajada jarohat oldi. Bu haqda Ynet portali xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa futbol maydoni hududida sodir bo‘lgan. Voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda, jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilgani aytiladi.
Mahalliy hokimiyat gumondorlarni aniqlash va ushlash bo‘yicha qidiruv ishlarini olib borayotganini ma’lum qilgan. Hozircha hujum sabablari va gumondorlar soni bo‘yicha batafsil ma’lumot berilmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing