Peskov: Putin Zelenskiyni Moskvaga tashabbus bilan taklif qilmagan

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyni “tashabbus bilan hech qayerga taklif qilmagani”ni ma’lum qildi.
Peskovning ta’kidlashicha, uchrashuv masalasini aynan Ukraina tomoni ko‘targan. Shundan so‘ng Putin muzokaraga tayyorligini bildirgan, biroq uchrashuv joyi sifatida Moskva ko‘rsatilgan.
Kreml vakili “uchrashuv tashabbusi Zelenskiy tomonidan bildirilganini yodda tutish muhim”ligini alohida qayd etgan.
Shu bilan birga, ochiq manbalarda avvalroq Zelenskiy tomoni Moskvadan tashqari variantlarni ilgari surgani, Rossiya esa muzokaralar uchun Moskva pozitsiyasini ustuvor deb hisoblayotgani haqidagi ma’lumotlar ham uchramoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing