date

OpenAI: ChatGPT foydalanuvchilarining ruhiy holati xavotirli


OpenAI kompaniyasining ma'lumotiga ko'ra, har hafta ChatGPT foydalanuvchilarining taxminan 0,07 foizida maniya, psixoz yoki o'z joniga qasd qilish kabi xavotirli alomatlar kuzatilmoqda. BBC xabariga ko'ra, yana 0,15 foiz muloqotlarda o'ziga zarar yetkazish niyatini bildiruvchi aniq signallar mavjud.

Kompaniya bunday holatlarni kamdan-kam uchraydigan deb ta'kidlasa-da, umumiy foydalanuvchilar soni 800 millionga yetgani sababli bu ko'rsatkich minglab insonlarni tashkil qiladi. Shu sababli OpenAI 170 nafardan ortiq ruhiy salomatlik bo'yicha mutaxassislarni jalb etib, professional yordamga yo'naltiruvchi javob algoritmlarini ishlab chiqdi.

Kaliforniya universiteti professori Jeyson Nagataning fikricha, sun'iy intellekt foydalanuvchilarga yordam berishi mumkin, biroq u mutaxassislarni to'liq almashtira olmaydi. Yaqinda Kaliforniyadagi bir o'smirning oilasi OpenAI kompaniyasiga qarshi da'vo arizasi topshirdi.

Ularning da'vosiga ko'ra, ChatGPT o'smirning xavfli fikrlarini qo'llab-quvvatlagan. Kompaniya bu voqea yuzasidan afsus bildirdi va hodisani o'rganayotganini ma'lum qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OpenAI: ChatGPT foydalanuvchilarining ruhiy holati xavotirli