Toshkentdagi Korzinkada yong‘in chiqdi

Bugun, 31-yanvar kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan Aviator savdo majmuasida yong‘in qayd etildi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi axborot berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 15:47 da Parkent ko‘chasidagi binodan tutun chiqayotgani haqida xabar kelib tushgan. Shundan so‘ng qutqaruv guruhlari 15:53 da voqea joyiga yetib borgan.
Hozirda binodagi fuqarolar to‘liq evakuatsiya qilingan, alovni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Vaziyat Toshkent shahar FVBB tomonidan nazoratga olingan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar haqida xabar kelib tushmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing