date

Britaniyada «asr vabosi» xavfi: Sil bilan kasallanish keskin ko‘paydi

Britaniyada «asr vabosi» xavfi: Sil bilan kasallanish keskin ko‘paydi

Buyuk Britaniyada sil kasalligi (tuberkulyoz) bilan bog‘liq vaziyat jiddiy tus olmoqda. Sog‘liqni saqlash xavfsizligi agentligi ma’lumotlariga tayanib Daily Express nashrining xabar berishicha, mamlakatda 2022 yildan buyon xastalikka chalinganlar soni 25 foizga oshgan.

So‘nggi yillarda kasallik dinamikasi quyidagicha ko‘rinish olgan:

- 2024 yilda: 5 480 ta holat (eng yuqori ko‘rsatkich);

- 2025 yilda: 5 424 ta holat qayd etilgan.

Mutaxassislar ayniqsa Angliyaning shimoli-sharqiy hududlarida vaziyat ancha xavotirli ekanidan ogohlantirishmoqda.

Surrey universitetining bakteriologiya bo‘yicha eksperti Syuzi Xingli-Uilsonning ta’kidlashicha, kasallik ko‘payishining asosiy sabablaridan biri — diagnoz qo‘yish va davolashni boshlash muddatining cho‘zilib ketayotganidadir. Inson o‘zida alomatlarni sezgan vaqtdan to shifokorga murojaat qilib, muolaja olgunga qadar o‘tgan davr oralig‘i kengaygan. Bu esa infeksiyaning jamiyat ichida yanada kengroq tarqalishiga sharoit yaratmoqda.

Ekspertlar xastalik avj olishini aholining turmush darajasi pasayishi bilan ham bog‘lashmoqda.

Jozef Rountri jamg‘armasi hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirda Buyuk Britaniyada qariyb 14,2 million kishi qashshoqlik chegarasidan past holatda kun kechirmoqda. Past turmush darajasi va nochorlik esa sil kabi ijtimoiy kasalliklarning ildiz otishiga asosiy zamin bo‘lib xizmat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyada «asr vabosi» xavfi: Sil bilan kasallanish keskin ko‘paydi