
Moskva shahar Dumasi deputatlari yalpi majlisda xorijiy fuqarolar uchun oylik patent narxini 8,9 ming rubldan 10 ming rublga oshirish taklifini qo'llab-quvvatladilar. Bu haqda Interfaks xabar bermoqda.
Mazkur qaror har yili qayta ko'rib chiqiladigan mintaqaviy koeffitsient bilan bog'liq bo'lib, u poytaxtdagi o'rtacha ish haqi o'zgarishini aks ettiradi. Moskva iqtisodiy siyosati departamenti rahbari o'rinbosari Darya Murchenkoning so'zlariga ko'ra, yangi to'lov darajasiga erishish uchun 2,9323 mintaqaviy koeffitsientni belgilash zarur.
Uning ta'kidlashicha, patent narxining oshishi migrantlar va rossiyalik ishchilar uchun soliq yuklamasini muvozanatlashtirish imkonini beradi. Patent narxi bazaviy miqdor, Iqtisodiy rivojlanish vazirligi tomonidan tasdiqlangan federal deflyator koeffitsienti va Moskva hukumati tomonidan har yili belgilangan mintaqaviy koeffitsient asosida hisoblab chiqiladi.
Hisob-kitobda xorijiy ishchilar ulushi yuqori bo'lgan tarmoqlardagi o'rtacha ish haqi, Moskva Migratsiya markazida patent olish xarajatlari hamda 2025-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradigan hujjatni rasmiylashtirish uchun davlat boji inobatga olingan. Murchenkoning so'zlariga ko'ra, yangi narx "Moskva viloyati darajasiga mos keladi" hamda optimal va muvozanatli hisoblanadi.
Migrantlar uchun patent narxi oshirildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar