date

Nyu-York meri o‘zbek mantisini tavsiya qildi


Nyu-Yorkning yangi meri Zoran Mamdani yosh jurnalistga Bruklindagi "Toshkent" restoraniga borib, mantini tatib ko‘rishni tavsiya qildi. Ushbu suhbat videosini O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot markazi e’lon qildi.

Videoda yosh bola Mamdanidan uchta muhim taomni nomlashni so‘ragan. Mer javob berar ekan, shunday dedi: "Hyderabadi Zaiqa restorani haqida eshitganmisan?

Bu joy 28-ko‘chada joylashgan. U yerda ovqatlar juda mazali, ayniqsa, halimni tavsiya qilaman.

Yaqinda esa Bruklin janubidagi "Toshkent" restoranida mantidan tatib ko‘rdim — juda mazali, go‘shtli. Albatta, sinab ko‘rishga arziydi." 4-noyabr kuni Nyu-Yorkda o‘tkazilgan merlik saylovida Demokratik partiya vakili Zoran Mamdani g‘alaba qozondi.

34 yoshli siyosatchi raqiblari — demokrat Endryu Kuomo va respublikachi Kertis Slivani ortda qoldirdi. Mamdani so‘nggi yuz yil ichida shahar tarixidagi eng yosh mer sifatida qayd etildi.

Bundan tashqari, u AQShning eng yirik megapolisida birinchi musulmon va Janubiy Osiyodan chiqqan birinchi shahar rahbari bo‘ldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-York meri o‘zbek mantisini tavsiya qildi