Toqayev Trampning Ukraina rejasi tarafdori

Qozog'iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi nizoni hal qilish tashabbusini qo'llab-quvvatlashini ma'lum qildi. Bu haqda "Aqorda" matbuot xizmati xabar berdi.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan bo'lib o'tgan qo'shma brifingda Toqayev bugungi global keskinlik sharoitida Trampning tinchlikka erishish borasidagi harakatlarini qadrlashini va uning taqdim etgan rejasini ma'qullashini aytib o'tdi. Avvalroq NBC xabariga ko'ra, Tramp Ukrainadagi vaziyatni tartibga solishga oid 28 banddan iborat loyiha tayyorlagan.
Ukraina parlament deputati Aleksey Goncharenko ushbu hujjat tafsilotlari AQSh delegatsiyasining Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvidan keyin ma'lum bo'lganini ta'kidladi. Rejaga ko'ra, Ukraina NATOga qo'shilish rejasidan voz kechishi, kelishuv imzolangach yuz kun ichida saylovlar o'tkazishi, Qrim, Donetsk va Lugansk esa Rossiya hududi sifatida tan olinishi kerak.
Zelenskiy "Tramp rejasi"ni olganini tasdiqladi va uning tafsilotlarini AQSh prezidenti bilan muhokama qilishga tayyorligini bildirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing