Napoli Allan Elias uchun kurashga qoʻshildi

Bir oy avval “Nyukasl” “Palmeyras”ning iqtidorli futbolchisi Allan Eliasga qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergandik. Endi esa braziliyalik yarim himoyachi uchun kurashga “Napoli” ham qoʻshildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga koʻra, Elias uchun Italiya varianti Angliyaga qaraganda jozibadorroq bo‘lishi mumkin: iqlim Braziliyaga yaqinroq ekani futbolchining moslashuvini osonlashtirishi ehtimoli bor.
ESPN qayd etishicha, “Palmeyras” futbolchisi uchun 30 million yevro narx belgilagan. Oʻtgan mavsum Elias jamoa bilan Libertadores kubogi finaligacha yetib borgan, biroq hal qiluvchi bahsda “Flamengo”ga imkoniyatni boy bergan.
“Napoli” tarkibida braziliyalik futbolchilar an’anaviy tarzda uchrab turadi. Hozirgi kunda neapolliklar safida David Neres ham bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!