Real Barselona bilan final oldidan Rodrigosiz qolishi mumkin

11-yanvar, yakshanba kuni Madridning “Real” jamoasi Ispaniya Superkubogi finalida Kataloniyaning “Barselona” klubiga qarshi maydonga tushadi. Cope xabariga ko‘ra, “qirollik klubi” hal qiluvchi uchrashuvda hujumchi Rodrigo yordamidan mosuvo bo‘lish ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Braziliyalik futbolchi son orqa payi bilan bog‘liq noqulaylik sezmoqda va uning finalda o‘ynashi hozircha so‘roq ostida. Rodrigo 10-yanvar, shanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, shundan so‘ng yakuniy qaror qabul qilinadi.
“Barselona” — “Real” bahsi 11-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing