date

Fransiyada yilning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Fransiyada yilning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

France Football jurnalistlari o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra Fransiyaning eng yaxshi futbolchisi kimligini e’lon qildi. Bu sovrin «PSJ»ning hujumkor yarim himoyachisi Usmon Dembelega nasib etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qayd etilishicha, 2025 yilda qanot futbolchisi «Oltin to‘p»ni ham qo‘lga kiritgan. Parij klubi safida Dembele Fransiya Ligasida 1 chempionligi, UEFA Chempionlar ligasi g‘olibligi va yana bir nechta sovrinlarni yutishga hissa qo‘shgan.

Fransiya chempionatining joriy mavsumida 28 yoshli futbolchi 9 uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 gol (shundan 2 tasi penaltidan) va 2 assist bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fransiyada yilning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi