Munisa Rizayevaning turmush o‘rtog‘i Dubayda kasalxonaga yotqizildi

Xonanda Munisa Rizayeva turmush o‘rtog‘i Arseniy Dubay shahrida kutilmagan tarzda kasalxonaga tushib qolganini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi. U o‘zining Instagram sahifasida quyidagilarni yozdi:
“Ho‘jayinim shifoxonaga tushib qoldi, uyqu yo‘q, yonlarida o‘tiribman. Daxshat, bunaqasi bo‘lmagan, yana boshqa mamlakatda. Ilohim, hamma sog‘ bo‘lsin.”
Munisa Rizayevaning ushbu xabaridan keyin, muxlislari turmush o‘rtog‘ining tezroq sog‘ayib ketishini tilab, xonandaga qo‘llab-quvvatlov izohlarini qoldirishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing