
Ilon Mask boshchiligida ishlagan AQSH Federal hukumatining samaradorligini oshirish bo‘yicha departamenti (DOGE) muddatidan oldin yopildi, deb xabar bermoqda Reuters. Dastlab ushbu departamentni 2026 yil iyul oyida yopish rejalashtirilgan edi.
AQSH Kadrlar boshqarmasi (OPM) direktori Skott Kupor jurnalistlarga DOGE endi markazlashgan tuzilma bo‘lmasligini ma’lum qildi. AQSH Prezidenti Donald Tramp tomonidan avgustda imzolangan farmonga binoan, departamentning ikki yuqori darajadagi xodimi boshqa tashkilotga o‘tkazilgan.
DOGEning vaqtincha administratori Emi Glison mart oyida Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vazirining maslahatchisi etib tayinlangan. Oq uy departamentning yopilishi belgilangan maqsadlardan voz kechishni anglatmasligini ta’kidladi.
"Prezident Trampga federal hukumatda isrofgarchilik, firibgarlik va suiste’molliklarni kamaytirish bo‘yicha aniq topshiriq berilgan va u ushbu majburiyatni faol ravishda bajarishda davom etmoqda", dedi matbuot kotibi Liz Xyuston. Bundan tashqari, federal idoralarga ishga qabul qilish bo‘yicha ilgari joriy etilgan moratoriy ham bekor qilingan.
Agentlikning qayd etishicha, DOGEning yo‘q bo‘lishi uning tashkil topgan paytidagi e’tibordan keskin farq qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.