date

Azimut Termizga parvozlarni yo'lga qo'yadi

Azimut Termizga parvozlarni yo'lga qo'yadi
Rossiyaning "Azimut" aviakompaniyasi Rostov-Don shahridan Termizga parvozlarni yo'lga qo'yishni rejalashtirmoqda. Mazkur yo'nalish bo'yicha reyslar haftasiga yetti martagacha amalga oshirilishi kutilmoqda.

Bu haqda RBK nashri "Rosaviatsiya" ma'lumotlariga tayanib xabar berdi. Shuningdek, aviakompaniya Rostovdan Dushanbe va Xo'jandga ham haftalik yetti marta reyslar amalga oshirishni maqsad qilgan.

Uzoq xorijiy yo'nalishlardan Iordaniya va Ummon davlatlariga parvozlar rejalashtirilgan. Hozirda "Azimut" Toshkent va Samarqand shaharlariga muntazam reyslar amalga oshirmoqda.

Milliy statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2025 yil noyabr oyi boshiga qadar O'zbekistonga 852 ming nafar rossiyalik tashrif buyurgan. Joriy yilning o'n oyida mamlakatga jami 9,7 million xorijlik kelgan bo'lib, bu o'tgan yilga nisbatan 50 foizga ko'pdir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Azimut Termizga parvozlarni yo'lga qo'yadi