date

Markaziy Osiyo bioxilma-xilligi xavf ostida

Markaziy Osiyo bioxilma-xilligi xavf ostida
Markaziy Osiyoda biologik xilma-xillik xavf ostida ekanligi Samarqandda o‘tkazilgan CITESning 20-konferensiyasi davomida ekspertlar tomonidan ta’kidlandi. Mutaxassislarning fikricha, ekotizimlarning degradatsiyasi Markaziy Osiyo davlatlarining ijtimoiy va iqtisodiy barqarorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda.

Konferensiyada kamyob hayvon va o‘simlik turlarini monitoring qilishni raqamlashtirish, Afg‘oniston bilan chegaradosh hududlardagi ekologik xatarlar hamda iqtisodiyotning dekarbonizatsiyasi bioxilma-xillikni saqlashdagi o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tildi. Tadbir ishtirokchilari ta’kidlashicha, ekologik xavfsizlikni ta’minlashda mintaqaviy hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi va uni xalqaro darajada yanada mustahkamlash zarur.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Markaziy Osiyo bioxilma-xilligi xavf ostida