date

Ispaniya politsiyasi 10 tonna kokain yuklangan kemani musodara qildi

Ispaniya politsiyasi 10 tonna kokain yuklangan kemani musodara qildi

12 yanvar kuni Ispaniya politsiyasi va dengiz kuchlari Atlantika okeanida tarixiy operatsiya o‘tkazib, ochiq dengizdagi eng yirik kokain qo‘lga olish holatlaridan birini amalga oshirdi. Yevropa tomon yo‘l olgan, Kamerun bayrog‘i ostida suzgan yuk kemasidan qariyb 10 tonna (9 994 kg) kokain topildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, giyohvand modda tuz yuki orasiga juda “puxta” yashirilgan bo‘lib, umumiy hisobda 294 ta bog‘lama/qop ko‘rinishida joylashtirilgan. Tergovchilar kemaning Braziliyadan chiqqanini va yuk Yevropaga olib ketilayotganini qayd etmoqda.

Operatsiyadan keyin kema yoqilg‘isi tugab, deyarli 12 soat davomida dengizda qotib qolgani aytildi. Shundan so‘ng Ispaniyaning dengiz qutqaruv xizmati kemani Kanar orollariga (Santa-Krus-de-Tenerife portiga) sudrab olib borgan.

Politsiya bu ish ortida Janubiy Amerikadan Yevropaga katta partiyalarda kokain yetkazib berish bilan shug‘ullangan ko‘pmillatli uyushgan jinoiy tarmoq turganini bildirgan. Operatsiya kadrlarida esa xodimlar tuz ostini belkurak bilan kovlab, kokain bog‘lamalarini chiqarib olayotgani va keyin ularni piyerga tashiyotgani ko‘rinadi.

Topilgan giyohvand moddaning taxminiy “ko‘cha” qiymati 400 million yevro atrofida baholanmoqda. Shuningdek, kema bortdan o‘qotar qurol ham chiqqan, ekipajning 13 nafar a’zosi hibsga olingan.

Operatsiya “White Tide” (Oq to‘lqin) deb nomlangan bo‘lib, unda Ispaniya politsiyasi bilan birga Dengiz tahlili va operatsiyalari markazi (MAOC-N), AQSHning DEA’si, Buyuk Britaniyaning NCA’si, Braziliya Federal politsiyasi, Ispaniya razvedka tuzilmalari hamda Fransiya va Portugaliya rasmiylari qatnashgan. Ispaniya tomoni buni xalqaro narkotik savdosi tarmoqlariga berilgan “tarixiy zarba” deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya Lotin Amerikasi bilan yaqin aloqalari sabab Yevropaga narkotik oqimida “asosiy eshik”lardan biri sanaladi. Masalan, 2024 yilda mamlakatda Ekvadordan kelgan konteyner kemasidan 13 tonna kokain musodara qilingani ham qayd etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Ispaniya politsiyasi 10 tonna kokain yuklangan kemani musodara qildi