
2025 yil 3 dekabr kuni Prada moda uyi Versace brendini Capri Holdings kompaniyasidan 1,4 milliard dollarga sotib olganini rasman e’lon qildi. Ushbu bitim tartibga soluvchi organlar tomonidan tasdiqlandi.
Endilikda Versace Prada Group tarkibidagi hashamatli brendlar qatoridan joy oldi. Guruh portfelida Miu Miu, Church’s, Car Shoe kabi taniqli brendlar ham mavjud.
Prada Group bayonotiga ko‘ra, kompaniya kiyim-kechak, poyabzal va charm mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanadi. Mahsulotlari dunyoning 70 dan ortiq mamlakatida joylashgan 620 do‘kon orqali tarqatiladi.
Prada — 1913 yilda Mario Prada tomonidan asos solingan va hashamat ramziga aylangan italiyalik moda uyi. Brend minimalist siluetlari, innovatsion materiallari va qat’iy, ammo ifodali estetikasi bilan mashhur.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.