date

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Avstraliyaning Sidney shahridagi Bondi plyajida Xanuka bayrami nishonlanayotgan paytda ommaviy otishma sodir bo‘ldi. Hodisa natijasida 10 kishi halok bo‘ldi, jumladan, «Xabad» tashkiloti vakili ravvin Eli Shlanger. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.

Otishma davomida Avstraliya Sionistlar Federatsiyasi vakillari ham jarohat olgan. Mahalliy huquq-tartibot organlari hodisadan ko‘p o‘tmay ikki kishini qo‘lga olganini ma’lum qildi. Voqea joyida maxsus operatsiya davom etmoqda.

Politsiya mahalliy aholi va sayyohlardan ushbu hududga bormaslikni, barcha ko‘rsatmalarga rioya qilishni hamda belgilangan chegaralarni kesib o‘tmaslikni qat’iy so‘radi. Avstraliya Sionistlar Federatsiyasi prezidenti Jeremi Leyblerning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat yahudiy jamiyati hodisadan hayratda.

Uning aytishicha, taxminan ikki ming kishi Bondi plyajiga Xanuka bayramini birgalikda nishonlash va birinchi shamni yoqish uchun yig‘ilgan edi. Yahudiy tashkilotlari vakillari hukumat bilan doimiy aloqada ekanliklarini va eng avvalo jabrlanganlar, ularning yaqinlari hamda jamoa xavfsizligini ta’minlashga e’tibor qaratayotganliklarini bildirishdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida «Xabad» tashkilotining yana bir vakili, ravvin Svi Kogan o‘ldirilgan edi. Bu jinoyat Birlashgan Arab Amirliklarida yashagan Koganga qarshi O‘zbekiston fuqarolari tomonidan amalga oshirilgani ma’lum bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi