date

Xitoyda nishonni aniq uradigan miltiqli dron sinovi bahslarni qizitdi

Xitoyda nishonni aniq uradigan miltiqli dron sinovi bahslarni qizitdi

Xitoyda maxsus operatsiyalar uchun mo‘ljallangan yangi uchuvchisiz qurilma (dron) sinovdan o‘tkazilgani haqida xabar tarqaldi. South China Morning Post yozishicha, tajriba paytida qurilma inson kattaligidagi nishonni 100 metr masofadan piyodalar vintovkasi bilan juda yuqori aniqlikda urib, diqqatga sazovor natija qayd etgan.

Nashrda keltirilishicha, dron Wuhan Guide Infrared kompaniyasi hamda Xitoy quruqlik qo‘shinlari maxsus operatsiyalar akademiyasi hamkorligida ishlab chiqilgan. Uning asosiy “fishka”si — qurilmaga oddiy (standart) miltiq o‘rnatish imkoniyati ekani aytilmoqda.

Sinov sharoitida dron 10 metr balandlikda turib, 100 metr uzoqlikdan 20 marta o‘q uzgan va barcha o‘qlar nishonga yetib borgan. Shu 20 o‘qning yarmi 11 santimetr radius ichiga jamlangani qayd etilgan — bu deyarli “bosh” darajasidagi aniqlikka teng deyiladi.

Mutaxassislar bunday barqaror aniqlikka erishish uchun maxsus dasturiy ta’minot ishlab chiqqanini ham ta’kidlashgan: u masofa, shamol tezligi va dron balandligi kabi omillarni hisobga olib, o‘q uzish burchagini moslab turadi.

Bunday yangiliklar faqat texnik yutuq sifatida emas, kelajakda xavfsizlik, qoidalar va nazorat masalalarini ham yanada qattiqroq kun tartibiga olib chiqishi turgan gap.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda nishonni aniq uradigan miltiqli dron sinovi bahslarni qizitdi