
Sardor Rustamboyev O‘zbekistonning Nepaldagi birinchi elchisi sifatida o‘z faoliyatini boshladi. U o‘z ishonch yorliqlarini mamlakat prezidenti Ramchandra Paudelga topshirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Elchi o‘z vazifalarini Hindiston poytaxti Dehli shahridan turib amalga oshiradi. Sardor Rustamboyev 2000 yildan beri Tashqi ishlar vazirligida faoliyat yuritib kelmoqda va siyosiy fanlar bo‘yicha ilmiy darajaga ega. 2018 yildan 2023 yilgacha u O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan.
2024 yil yanvar oyidan boshlab esa Hindistondagi elchi, shuningdek, Maldiv va Bangladesh davlatlaridagi vakil sifatida ham faoliyat olib boradi. Nepal prezidenti Ramchandra Paudel O‘zbekiston bilan aloqalarni mustahkamlashga qiziqish bildirdi.
Muzokaralar davomida tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy va savdo hamkorligini kengaytish masalalarini muhokama qildilar. Nepal tomoni turizm, ta’lim va gidroenergetika sohalarida katta salohiyatni ko‘rmoqda.
Nepal prezidenti O‘zbekiston bilan uzoq muddatli va do‘stona munosabatlar o‘rnatishga intilishini tasdiqladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.