date

Maftuna Shokirova qaysi aktyor bilan rol o‘ynashni xohlaydi?

Maftuna Shokirova qaysi aktyor bilan rol o‘ynashni xohlaydi?

Aktrisa Maftuna Shokirovaga suhbat davomida: “Agar imkon bo‘lsa, qaysi aktyor bilan partnyor sifatida rol ijro etgan bo‘lardingiz?” — degan savol berildi. San’atkor bu savolga javob berar ekan, avvalo o‘zbek aktyorlariga bo‘lgan hurmatini ta’kidladi.

“Men avvalo o‘zimizning aktyorlarni aytaman, chunki ularni hurmat qilaman. Agar tanlash imkonim bo‘lsa, Bobur Yo‘ldoshev bilan birga rol ijro etishni xohlardim”, — dedi aktrisa.

Jurnalist esa: “Nega aynan Bobur Yo‘ldoshev?” — deya qo‘shimcha savol berdi. Maftuna Shokirova bu savolga quyidagicha javob qaytardi:

“Chunki uning ijro etgan rollari menga juda yoqadi. U har bir obrazni turlicha talqin qiladi, rollari xilma-xil va mazmunli. Eng muhimi, uning ijrosida o‘rganadigan jihatlarim juda ko‘p”, — dedi u.

Suhbat yakunida aktrisa: “Agar ushbu aktyor bilan birga rol ijro etish nasib etsa, bu men uchun katta tajriba bo‘lar edi va, albatta, undan ko‘p narsani o‘rganardim”, — deya o‘z fikrini xulosa qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Maftuna Shokirova qaysi aktyor bilan rol o‘ynashni xohlaydi?